
Rim. Juftlik bahslarida chempionlar aniqlandi
Rimdagi "Masters" turkumiga kiruvchi turnirning juftlik bahslari yakunlandi. Bugun o‘tkazilgan final uchrashuvlarida quyidagi sportchilar zafar quchdi:
Marsel Granolers hamda Orasio Sebalos juftligi hal qiluvchi bahsda frantsiyalik tennischilar Jeremi Shardi va Fabris Marten tandemini mag‘lub etdi. Birinchi setni 6:4 hisobida yutib olgan Marsel bilan Orasio ikkinchisini 7:5 ko‘rinishida boy berdi. Biroq hal qiluvchi setni 10:8 hisobida o‘z foydasiga hal qilib, erkaklar o‘rtasidagi juftlik bahslarida oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Ayol tennischilar o‘rtasidagi oltin medallar Se Shuvey va Barbora Stritsovaga nasib qildi. Ular hal qiluvchi bellashuvda Anna-Lena Fridzam hamda Yoana Olaru tandemini mag‘lubiyatga uchratdi. Qayd etish joiz, Shuvey va Stritsova o‘z raqibalarini o‘ta xotirjamlik bilan engdi. Yakuniy hisob: 6:2, 6:2.
Endi sportchilar 900 reyting ochkoga ega bo‘ladi. Shuningdek, erkaklar 58,860 evro, ayollar esa 62,520 evro miqdorida mukofot pullarini qabul qilib oladi.
Fikrlar