
Roberto Manchini Ispaniyaga qarshi o‘yindan oldin nimalar dedi?
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini Ispaniyaga qarshi bo‘ladigan Evropa chempionati yarim final bahsi haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Bizni qiyin o‘yin kutib turibdi. Ispaniya Belgiyadan farq qiladi, ammo biz hali ham ko‘p qiyinchiliklarga duch kelmoqdamiz. Ispaniya so‘nggi bir necha yil ichida ajoyib jamoaga aylandi, ularda ko‘plab yoshlar va ajoyib murabbiy bor.
Umid qilamanki, hech bo‘lmaganda bir marta siz haqsiz (Italiya finalga chiqishiga ishongan jurnalistlarga javoban). Bu oson bo‘lmaydi, biz sifatli futbol namoyish etishimiz kerak. Ispaniya eng yaxshi jamoa, bu oson bo‘lmaydi”, - dedi Manchini.
Italiya va Ispaniya terma jamoalari o‘rtasidagi yarim final uchrashuvi ertaga Londonda bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.
Fikrlar