
Rodriges sovrinni Kolumbiyaga qaytardi
AQShdagi qit’a chempionatida Kolumbiya terma jamoasi ko‘rsatgan o‘yin ko‘pchilik muxlisu mutaxassislar olqishiga sazovor bo‘ldi.
Kolumbiyaliklarning muvaffaqiyatida 33 yoshli hujumkor futbolchi Xames Rodrigesning hissasi katta bo‘ldi. Garchi uning jamoasi finalda Argentina terma jamoasidan mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa-da, Rodrigesning o‘zini turnirning eng zo‘r o‘yinchisiga atalgan sovrin bilan taqdirlandi.
Xames Rodrigas futbol tarixida Amerika kubogining eng zo‘r futbolchisi sifatida e’tirof etilgan ikkinchi kolumbiyalik charm to‘p ustasi hisoblanadi.
Avval bu sovrin bilan 1987 yilgi musobaqada porlagan Karlos Valderrama taqdirlangan edi. Oradan 37 yil o‘tib, Xames Rodriges nufuzli sovrinni kolumbiyaliklarga qaytardi.
Xames chempionat davomida oltita uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasini bir marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga jami oltita golli pas uzatdi.
Fikrlar