
Rojer Federer qiyinchiliksiz yarim finalga chiqdi
Shveytsariyalik tennischilar Rojer Federer va Sten Vavrinka Bazel shahrida o‘tayotgan musobaqaning chorak finalida o‘zaro raqobatlashishi kerak edi.
Afsuski, Vavrinka mazkur o‘yinni o‘tkazishdan bosh tortdi. Bunday qarorga kelishiga asosiy sabab, uning belida og‘riq borligi bo‘ldi.
Shu tariqa "Swiss Indoors Basel" turnirining yarim finaliga chiqqan Federer, endi gretsiyalik Stefanos Tsitsipas, yoki serbiyalik Filip Krayinovich bilan o‘zaro raqobatlashadi.
Fikrlar