"Roland Garros". Ikkinchi finalchi 5 setlik uchrashuvda aniqlandi

  • 10 oktabr, 2020, 12:45
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

"Roland Garros" turnirining erkaklar o‘rtasidagi bahslarida ikkinchi finalchi nomi ma’lum bo‘ldi.

Musobaqaning 1-tartib raqam ostida saralangan tennischisi Novak Jokovich final ostonasida gretsiyalik Stefanos Tsitsipasga qarshi kortga chiqdi. Dastlabki 2 setni osonlik bilan yutib olgan serbiyalik raketka ustasi keyingilarida jiddiy qiyinchilikka duch keldi. Yunon tennischisi setlar orasidagi hisobni 2 ta og‘ir g‘alabalari bilan tenglashtira olgan bo‘lsa-da, hal qiluvchi setda Jokovich raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Yakuniy hisob: 6:3, 6:2, 5:7, 4:6, 6:1.

"Roland Garros" g‘olibi 11-oktyabr kuni Rafael Nadal hamda Novak Jokovich o‘rtasidagi bellashuvda aniqlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!