"Roma" 22 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolaydi

  • 13 mart, 2022, 17:00
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Roma" jamoasi "Benfika" B darvozaboni Mile Svilar bilan shartnoma imzolaydi. Bu haqda taniqli sport jurnalisti Fabritsio Romano xabar berdi.

Tecno

Futbolchi kelasi mavsumdan rimliklar sharafini himoya qiladi. Shuningdek, u erkin agent sifatida "Roma"ga ko‘chib o‘tadi.

Tibbiy tekshiruv kelasi hafta bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Shundan so‘ng, futbolchi va klub o‘zaro shartnoma bandlarini kelishib oladi. 

Ma’lum qilinishicha, ushbu posbon transferini shaxsan Mourinoning o‘zi so‘ragan. Mutaxassis serbiyalik yosh iste’dod sohibiga katta umid bog‘lamoqda. 

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!