
"Roma" A Seriyada engilmas jamoaga aylandi
"Roma" ikki oydan buyon A Seriyada mag‘lub bo‘lmayapti.
Kecha Klaudio Raneri shogirdlari 26-tur doirasida "Montsa"ni 4:0 hisobida taslim etdi.
Rimliklar oxirgi marta 15 dekabr kuni "Komo"ga qarshi bellashuvda (0:2) mag‘lub bo‘lgandi. O‘shandan buyon "Roma" Italiya chempionatida 7 ta o‘yinda g‘alaba qozongan va 3 marotaba durang o‘ynagan.
Raneri "bo‘rilar"ni 2024 yileien noyabrida qabul qilib olgan. O‘shanda jamoa A Seriya 12-o‘rinda edi. Ayni dam "Roma" 40 ochko bilan turnir jadvalida 9-pog‘onada bormoqda.
Fikrlar