
“Roma” charchagan, lekin...
“Roma” yarim himoyachisi Brayan Kristante og‘ir o‘tgan mavsum oxiriga kelib, Konferentsiyalar ligasi finali oldidan jamoa toliqib qolganini tan oldi.
- Final o‘z nomi bilan final. Biz uchun muvaffaqiyatli yakunlanishiga umid qilamiz, huddi Evropa chempionati kabi. Oxirgi bosqichgacha etib kelish doim maroqli bo‘ladi. Biz charchab qolganimiz rost, lekin kuchli ishtiyoq bor. Bu tabiiy. Charchoq maqsadga erishishimizga xalaqit bermaydi, - dedi Kristante.
“Roma” Evrokuboklar finalida bundan 31 yil muqaddam o‘ynagan. Mourino shogirdlari yangi asrda ilk xalqaro sovrinni qo‘lga kiritishini istayapti.
Konferentsiyalar ligasi finali 25 may kuni Albaniyaning Tirana shahrida bo‘ladi. “Roma” shu kuni Niderlandiyaning “Feyenoord” klubi bilan bellashadi.
Fikrlar