
"Roma" futbolchisini "Milan"ga berib, JCh finalchisini oladi
"Roma" va "Milan" o‘zaro futbolchi almashishi mumkin.
Italyan OAV xabariga ko‘ra, milanliklar Nikolo Zanoloni o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda. Ammo uning transferi uchun katta mablag‘dan voz kechishni xohlamayapti. "Rossonerilar" italiyalik iste’dod sohibi evaziga o‘z futbolchisini Rimga jo‘natishga tayyor. Qo‘shimchasiga, 25 million evro to‘lanadi.
Gap "Milan"ning xorvatiyalik vingeri Ante Rebich haqida ketmoqda. JCh vitse-chempioni so‘nggi paytlarda asosiy tarkibdagi o‘rnini Rafael Leauga boy berib qo‘ydi. Shu bois, uning o‘zi ham faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishga qarshi emas.
22 yoshli Nikolo 2018 yilda "Inter"dan "bo‘rilar" tarkibiga kelib qo‘shilgandi. Bu vaqt oralig‘ida u 111 uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 22 gol va 15 assistni yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar