"Roma" Gasperinining o‘yin uslubiga tushmasligi sabab, muhim hujumchisini sotuvga qo‘ydi!

  • 14 iyun, 13:50
  • Bilolbek Imomov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Rimning "Roma" klubi ukrainalik hujumchi Artyom Dovbikni transfer ro‘yxatiga qo‘ydi. "Calcio in Pillole" nashrining xabariga ko‘ra, jamoaning yangi bosh murabbiyi Jan Pero Gasperini 27 yoshli futbolchini o‘z taktik rejalarida ko‘rmayapti.

Tecno

Manbaga ko‘ra, Gasperini hujumda faol harakat qiluvchi va pressingda yordam beradigan futbolchilarni afzal ko‘radi. Ushbu o‘yin uslubida esa hamyurtimiz va milliy terma jamoamiz sardori hisoblangan Eldor Shomurodov yaxshi harakat qiladi.

Shuningdek, o‘tgan mavsumda Dovbik A Seriyada 32 uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol urgan va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. U rimliklar safiga o‘tgan yil Ispaniyaning "Jirona" klubidan kelib qo‘shilgan, u erda 2023/24 yilgi mavsumda La Ligada 36 o‘yinda 24 ta gol kiritgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Olim
14/06/2025 21:47
Eldorga omad tilayman!