
"Roma" ham saudiyaliklarga o‘tyaptimi?
Yaqinda saudiyalik investorning "Roma"ga qiziqish bildirayotgani haqida tarqalgan mish-mishlar klub tomonidan rad etildi.
La Gazzetta dello Sport nashri xabariga ko‘ra, “bo‘rilar” prezidenti Den Fridkin 2020 yilda xarid qilgan klubini hozircha sotish niyatida emas.
Manbaga ko‘ra, Fridkin jamoani yildan-yilga kuchaytirib, uni yanada raqobatbardosh qilish niyatida va uzoq kutilgan stadion loyihasini amalga oshirish ustida ishlamoqda.
Eslatib o‘tamiz, Joze Mourino boshqaruvidagi "Roma" 32 turdan so‘ng 52 ochko to‘plagan holda A Seriya musobaqa jadvalida 6-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar