“Roma” hujumchisi qiyin tanlovga duch keldi
“Roma” hujumkor futbolchisi Nikolo Dzanolo faoliyatini qaerda davom ettirish bo‘yicha qiyin tanlovni amalga oshirishiga to‘g‘ri keladi.
Garchi 22 shli o‘yinchining amaldagi kelishuvi yakunlanishiga ikki mavsum bo‘lsa-da, rimliklar hamkorlikni uzaytirish uchun yangi shartnoma berishga qaror qilgan. Agar Dzanolo uni qabul qilmasa, yozda sotib yuboriladi.
Ayni paytda A Seriyaning ikki qudratli klubi – “Milan” va “Yuventus” Nikoloni Italiyada olib qolishga tayyor. Har ikki jamoa vakillari o‘yinchining agenti bilan aloqalarni ushlab turibdi va vaziyatni jiddiy kuzatib bormoqda.
“Roma” eng kuchli futbolchilaridan biri 50-70 million evro atrofidagi mablag‘ evaziga qo‘yib yuboradi.

Fikrlar