"Roma" Iguainni ijaraga olmoqchi
"Roma" klubi "Yuventus" forvardi Gonsalo Iguainning xizmatlariga jiddiy qiziqish bildira boshladi. Bu haqda Corriere dello Sport nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra rimliklar 31 yoshli argentinalik futbolchini joriy yozgi transferlar davrida ijaraga olishmoqchi. Turinliklar ham o‘z navbatida bunga qarshi emas, faqat buning uchun 12 mln evro talab qilishmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Iguain o‘tgan mavsumni “Milan”da boshlab “Chelsi”da yakunlagan edi. Uning “keksa sinora” bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.



Fikrlar