“Roma” katta transferni uddaladi

  • 12 iyul, 2022, 11:45
  • 0
  • Futbol

“Roma” o‘z safiga “Sassuolo” yarim himoyachisi Davide Frattezini qo‘shib olishga juda yaqin turibdi, - deb xabar berdi italiyalik jurnalist Nikolo Skira.

Rim klubi anchadan beri bu o‘yinchi bo‘yicha muzokara olib bormoqda va masala o‘z echimini topish arafasida. “Bo‘rilar” o‘zlari tarbiyalagan Frattezini ortga qaytarish uchun o‘yinchiga besh yillik  shartnoma va yiliga 2 million evro maosh taklif qildi.

Frattezining transferi 20-30 million evro atrofida baholanmoqda. Poytaxtliklar bu summani tushirish maqsadida transferga “Roma”ning ikki yosh o‘yinchisini qo‘shmoqchi.

Davidening o‘zi ham Mourino qo‘l ostida to‘p tepishni istayapti. U o‘tgan mavsum “Sassuolo” tarkibida A Seriyaning 36 ta o‘yinida qatnashib, to‘rttadan gol va assist muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!