"Roma" safarda durang o‘ynadi. Shomurodov maydonda 66 daqiqa harakat qildi

  • 10 noyabr, 2022, 00:22
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya A Seriyasi 14-turi doirasidagi "Sassuolo" - "Roma" uchrashuvi yakuniga etdi. Qiziqarli va keskin kurashlar ostida o‘tgan bellashuvda tomonlar 1:1 hisobida durang o‘ynashdi. 

Tecno

Uchrashuvdagi hisob o‘yinning 80-daqiqasida ochildi. Terma jamoamiz a’zosi Eldor Shomurodovning o‘rniga zaxiradan maydonga tushgan Temmi Abraxam o‘ng qanotdan oshirib berilgan to‘pni bosh bilan darvozaga kiritib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Oradan 5 daqiqa o‘tib, aniqrog‘i 85-daqiqada maydon egalari tezkor qarshi hujum uyushtirib, oradagi farqni yo‘qqa chiqardi. Gol muallifi — Andrea Pinamonti.

Uchrashuvning qolgan daqiqalari ham qiziqarli o‘tdi, biroq boshqa gol urish jamoalarga nasib qilmadi - 1:1.

Ushbu durangdan keyin rimliklar 26 ochko bilan 5-o‘ringa ko‘tarilib olgan bo‘lsa, "Sassuolo" 13 ochko bilan 13-pog‘onada qoldi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!