“Roma” va “Napoli” fanatlari ommaviy to‘qnashuvni yuzaga keltirdi

  • 08.01.2023 21:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Italiya markazidagi shaharlardan biri – Aretstsoda “Roma” va “Napoli”ning ashaddiy muxlislari ommaviy tartibsizliklar uyushtirdi.

Manbalarning  ta’kidlashicha, janjalga “Napoli” muxlislarining “Milan” bilan safar uchrashuvida jamoasini qo‘llab-quvvatlash uchun yo‘lga otlangan “Roma” muxlislari avtobusi va mashinalariga tosh otgani sabab bo‘lgan.

Poytaxtlik muxlislar neapolliklardan o‘chini olish uchun shahardan o‘tgan A1 trassasidagi yoqilg‘i quyish shahobchasiga qaytib kelgan va janjal avj olgan.

Har ikki tomondan jami 300 kishi o‘zaro mushtlashgan. Mojaro 50 daqiqa davom etgan. Politsiya yo‘llarni bir yarim soatga yopishi ortidan 15 kilometrlik tirbandlik yuzaga kelgani aytilmoqda.

Janjal oqibatida bir kishi pichoqlangan, bir necha fanat hibsga olingan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!