
"Roma"ning AQShlik xo‘jayini o‘z faoliyatidagi eng qimmat transferni amalga oshirishi mumkin
Rimning “Roma” klubi o‘z safini PSJning braziliyalik yarim himoyachisi Lukas Moura bilan to‘ldirmoqchi. Bu haqda Corriere dello Sport nashri xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra frantsuz klubi futbolchisini sotishga tayyor, biroq uning evaziga mo‘maygina pul talab qilmoqchi. Aniqrog‘i, parijliklar 24 yoshli futbolchining narxini 30 mln evroga baholashmoqda. Ta’kidlash lozimki, Mouraning maoshi soliqlarsiz yiliga 3 mln evroni tashkil etadi.
Braziliya terma jamoasi a’zosi uchun “Roma”dan tashqari yana bir qator Evropa grandlari qiziqish bildirishmoqda. Agar rimliklar ushbu transferni amalga oshirishsa, u holda bu xarid jamoaning AQShlik xo‘jayini Jeyms Pallotto faoliyatidagi eng qimmati bo‘lishi mumkin.
Fikrlar