Romano: "O‘FA Fabio Kannavaro bilan rasmiy muzokaralarni boshladi"
O‘zbekiston terma jamoasi italiyalik mutaxassis qo‘l ostiga o‘tishi mumkin.
Jurnalist Fabritsio Romano xabar berishicha, O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi yangi bosh murabbiy sifatida Fabio Kannavaro bilan rasmiy muloqot boshlagan.
Sobiq "Oltin to‘p" sohibi va jahon chempioni bilan muzokaralar davom etmoqda. Avvalroq "oq bo‘rilar"ga Yoaxim Lyov va Paulo Bentu nomzod sifatida tilga olingan edi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston o‘z tarixida ilk bor JCh-2026 yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi.



Fikrlar