Ronaldtu to‘yini ko‘rishga kelgan muxlislarga munosabat bildirdi

  • 09.08.2026 20:10
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

8 avgust, shanba kuni portugalialik yulduz futbolchi Krishtianu Ronalduning sevgilisi Jorjina Rodrigesga Madeirada uylanishi haqidagi xabar mahalliy muxlislar orasida katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. Ammo voqealar kutilganidek kechmadi.

 

Shahar markazida yuzlab futbol ishqibozlari to‘planib, «Al-Nasr» klubi hujumchisining nikoh marosimini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rish umidida sobor atrofini egalladi. Odamlar soatlab kutdi, ammo Ronaldu ham, Jorjina ham ko‘rinmadi. Oxiri ma’lum bo‘lishicha, o‘sha kuni soborda to‘y bo‘lgan, lekin u Ronaldu va Rodrigesniki emas, boshqa juftlikniki ekani aniqlandi.

 

Muxlislar allaqachon qo‘llariga telefon va fotoapparatlarni olib, yulduz juftlikni suratga olishga hozirlanib turgan paytda, sobordan Nikol va Fabio ismli yangi turmush qurganlar chiqib keldi. Shunday qilib, Ronalduni kutganlar aslida boshqa juftlikning to‘yiga guvoh bo‘lishdi, xolos.

 

Krishtianu Ronaldu esa bu vaziyatga internetdagi xabar ostidagi izohlarda kulib turgan smayliklar qoldirish bilan javob qaytardi. Shunga qaramay, u haligacha o‘z to‘yi qachon bo‘lishini oshkor etmagan va bu borada sukut saqlashda davom etmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!