Ronaldу yana "An-Nasr"ga yordam berolmaydi

  • 18.08.2026 14:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«An-Nasr» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu navbatdagi o‘yinni ham o‘tkazib yuborishi kutilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 41 yoshli forvard Saudiya Arabistoni Chempionlar kubogidagi "Ad-Diriya"ga qarshi bahsda maydonga tushmaydi. Bu haqida Al Nassr Zone saudiyalik ommaviy axborot vositalariga tayanib xabar berdi. 

Eslatib o‘tamiz, mavsumning ilk turida "Al-Fateh"ga qarshi chempionat uchrashuvida ham portugalik yulduz jamoa ro‘yxatiga kiritilmagan edi. Shunga qaramay, "An-Nasr" o‘yinni ishonchli tarzda 3:0 hisobida o‘z foydasiga hal qilgan.

Iyul oyidan buyon Riyod klubini avstraliyalik mutaxassis Ange Postekoglu boshqarmoqda. U o‘tgan mavsum yakunlangach jamoani tark etgan Jorje Jezush o‘rnini egallagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!