Ronaldo Anchelottiga maslahat berdi: Luis Enrique asosiy tarkibda o‘ynashi kerak

  • 16.06.2026 23:46
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Braziliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Ronaldo Jahon chempionatida Marokashga qarshi bahsdan keyin bosh murabbiy Karlo Anchelotti tarkibga o‘zgarish kiritishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.

Afsonaviy futbolchi fikricha, keyingi o‘yinda "Zenit" hujumchisi Luis Enrique ilk daqiqalardan maydonga tushishi lozim.

"Anchelotti o‘zgarish qiladimi yoki yo‘qmi, bilmayman. Men bo‘lganimda bir narsani o‘zgartirgan bo‘lardim. Luis Enrique o‘yinga juda yaxshi qo‘shildi va o‘ng qanotni kengaytirib o‘ynadi.

Paketa ham, Rafinya ham bu vazifani to‘liq bajara olmadi. Ular o‘yinni Vinisius chap qanotda qilgani kabi kengaytira olmadi. Bu esa markazdagi futbolchilar uchun ko‘proq bo‘sh hudud yaratadi.

Braziliya ko‘proq erkin hududga ega bo‘lsa, bu har doim jamoa foydasiga ishlaydi. Menimcha, aynan shu kichik o‘zgarish amalga oshirilishi mumkin.
Qolgan jihatlarda esa tarkib o‘zgarmaydi deb o‘ylayman. Anchelotti start tarkibidagi futbolchilarga ishonch bildirib, birinchi o‘yindagi bosimni engib o‘tishlariga yordam beradi", — dedi Ronaldo.

Eslatib o‘tamiz, Braziliya terma jamoasi Jahon chempionati guruh bosqichining ikkinchi turida 20 iyun kuni Gaitiga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!