
Ronaldu bosh murabbiyning qaroridan norozi
Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Fernandu Santushdan norozi.
"Correio da Manha" nashrining yozishicha, Ronaldu erta zaxiraga olinayotganidan jahli chiqmoqda. U Jahon chempionati guruh bosqichi doirasidagi bahslarning hech qaysi birida to‘liq harakat qilmadi: Ganaga qarshi 88 daqiqa, Urugvayga 82 va Janubiy Koreyaga 65.
37 yoshli futbolchi, ayniqsa, qit’adoshlarimizga qarshi uchrashuvda zaxiraga olinganini juda emotsional tarzda qabul qildi. Hatto, bosh murabbiyga baqirgani translyatsiya kadrlariga tushib qoldi.
Qayd etilishicha, Portugaliya futbol federatsiyasi Krishtianuning gaplariga e’tibor qaratmoqchi emas. Tashkilot matbuot xizmati bayonotida shunday deyiladi: "Jahon chempionati finaliga qadar 3 ta o‘yin qoldi. Bor e’tiborimizni faqat maydonga qaratishimiz va bahs-munozaralarga sabab bo‘lmasligimiz lozim".
Portugaliyaliklar nimchorak final bahsini Shveytsariyaga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar