Ronaldu: “Bu erga o‘z ustingizda ishlash uchun kelasiz, Instagram yoki TikTok ko‘rish uchun emas”

  • 16 iyun, 2024, 22:39
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Sami Xedira Ronalduning mashg‘ulotlarga e’tibori haqida gapirdi.
“Ronaldu “Yuventus”ga kelganida hammaga pozitiv ta’sir o‘tkazdi. U kelganida jamoaning mashg‘ulotlar sifati boshqa darajaga chiqqan edi. Yigitlar darvozaga tepgan to‘pi “Gol urishim kerak” degan fikr bilan tepilar edi.
Bir kuni Keza sport zalga telefon bilan kirib keldi. Krishtianu unga qarab: Nima qilyapsan? Qaerga ketyapsan? Sport zalida telefon kerak emas, bu erga o‘z ustingizda ishlash uchun kelasiz, Instagram yoki TikTok ko‘rish uchun emas.
Ronaldu raqobatbardosh ruxga to‘la edi, lekin bunga qaramay, juda xushmuomila va kamtar edi”,- dedi Xedira FIVE podkastida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!