Ronaldu bu natijaga erishgan birinchi evropalik bo‘ldi
Portugaliya terma jamoasi forvardi Krishtianu Ronaldu Millatlar ligasi doirasida Shvetsiyaga (1:0) qarshi bo‘lib o‘tayotgan uchrashuvda hisobni ochdi. Ayni damda, bahsning birinchi bo‘limi o‘z nihoyasiga etdi va futbolchilar tanaffusga yo‘l olishdi.
Shu tariqa, Ronaldu terma jamoa libosidagi gollari sonini 100 taga etkazib oldi. Undan, faqat Eron terma jamoasining sobiq a’zosi Ali Daei (109 ta gol) ko‘proq gol urishga erishgan.
"Yuventus" hujumchisi Portugaliya uchun yana 9 ta golga mualliflik qilsa, jahon rekordini yangilab qo‘yadi.
Bundan tashqari, Ronaldu terma jamoa safidagi bellashuvlari sonini 165 taga etkazib oldi. Bu borada, Evropa rekordi uchun yana 11 ta, jahon rekordi uchun esa yana 19 ta bahs o‘tkazishi kerak bo‘ladi.
Fikrlar