Ronaldu bugun Xorvatiyaga qarshi o‘yinda ishtirok etmaydi

  • 5 sentabr, 2020, 18:26
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu bugun Xorvatiyaga qarshi bo‘ladigan UEFA Millatlar ligasi 1-tur uchrashuvini o‘tkazib yuboradi.

A Bola nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 35 yoshli futbolchi Portugaliya terma jamoasining bugungi o‘yin qaydnomasidan joy olmagan. Uning o‘rnida 7-raqamda “Portu” xavbeki Serjiu Oliveyra tarkibga kiritilgan.

Bundan avvalroq, Ronalduning o‘ng oyoq barmog‘ida infektsiya borligi va u antibiotiklar yordamida ushbu kasallikdan davolanayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Portugaliya - Xorvatiya bahsi bugun Toshkent vaqti bilan soat 23:45 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!