Ronaldu Evropaga qaytmoqchi, unga jamoaga ham tayyor

  • 10 may, 09:27
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiya Arabistoni chempionatida“An-Nasr” sharafini himoya qilayotgan Krishtianu Ronaldu o‘zining dastlabki jamoasi – “Sporting” klubiga qaytish imkoniyatini jiddiy o‘rganib chiqmoqda.

Tecno

Portugaliya klubi yozda o‘zining asosiy to‘purari Viktor Dyokereshni Evropaning grand klublariga katta narxga sotib yubormoqchi. Klub shved futbolchisi o‘rnini aynan Krishtianu Ronaldu bilan to‘ldirmoqchi.

Fichajes nashrining yozishicha, Krishtianu Ronalduning asosiy maqsadi 2026 yilgi jahon chempionatida ishtirok etish. Mundial 40 yoshli futbolchi uchun xalqaro faoliyatidagi oxirgi katta musobaqa bo‘ladi.

Ronaldu jahon chempionatiga yuqori sport formada etib borish uchun Evropa futboliga qaytish variantini o‘rganib chiqyapti.

“Sporting” o‘zi tarbiyalagan yulduzga Evropa miqyosidagi musobaqalarda ham yana o‘zini ko‘rsatish imkonini berishga tayyor. Ekspertlarning ta’kidlashicha, bu transferning amalga oshish imkoniyati tobora oshib bormoqda.

  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Chehran
10/05/2025 15:43
Tarjima qiladigan xodimlaringizni maktabga jo’natib wayta o’qiting