Ronaldu faoliyatini qachon yakunlashiga sha’ma qildi

  • 01.10.2019 14:14
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Turinning "Yuventus" klubi forvardi Krishtianu Ronaldu yaqin yillar ichida faoliyatini yakunlashi mumkinligiga sha’ma qildi. Bu haqda SPORTbible nashri xabar tarqatmoqda.

"Men futbolni juda yaxshi ko‘raman. Menga muxlislarni rohatlantirish yoqadi. Men futboldagi Krishtianuning muxlislarini yaxshi ko‘raman. Yosh men uchun muhim emas, hammasi ruhiyatga bog‘liq.

Oxirgi 5 yilda futboldan tashqaridagi hayot haqida ko‘proq o‘ylay boshladim. Kim biladi, yana ikki yildan so‘ng nimalar bo‘ladi", - deydi 34 yoshli portugaliyalik futbolchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!