Ronaldu faoliyatini yakunlagan Rafael Nadalga murojaat qildi

  • 10 oktabr, 2024, 16:52
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"An-Nasr" klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgan tennis bo‘yicha "Katta Dubulg‘a" turnirlarining 22 karra chempioni, dunyoning sobiq birinchi raketkasi hisoblangan ispaniyalik Rafael Nadalga murojaat qildi.

Tecno

“Rafa, sen naqadar aql bovar qilmaydigan martabaga egasan! Sening fidoyiliging, ishtiyoqing va ajoyib iste’doding butun dunyodagi millionlab odamlarni ilhomlantiradi. Sening sayohatingga guvoh bo‘lish va seni do‘stim deb atash men uchun sharafdir. Seni ajoyib martaba bilan tabriklayman!”, — deb yozdi Ronaldu X ijtimoiy tarmog‘ida (sobiq Twitter).

Bugun, 10 oktyabr kuni Nadal 19-24 noyabr kunlari Malagada (Ispaniya) bo‘lib o‘tadigan Devis kubogi-2024 final bosqichidan so‘ng professional faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!