Ronaldu: Ispaniyani sog‘inyapman, chunki...

  • 30.08.2019 10:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Turinning “Yuventus” klubi forvardi Krishtianu Ronaldu Ispaniya chempionatini sog‘inayotgani haqida gapirib o‘tdi.

“Albatta, Ispaniyani sog‘inyapman. U erda Messi bilan ajoyib raqobatimiz bor edi. Biz bir-birimizni olg‘a undardik.

Lionel bilan munosabatlarimiz juda yaxshi. Biz hozircha kechki ovqatni birga o‘tkazmaganmiz. Ammo, umid qilamanki kelajakda bu ham sodir bo‘ladi.

Biz bir vaqtda faoliyatimizni yakunlaymizmi? U mendan 2 yosh kichik. Biroq, men ham o‘z yoshimga nisbatan yomon ko‘rinmayman va bu erda yanagi mavsum ham, yana ikki yil, balkim uch yil...Meni yoqtirmaydiganlar yana meni ko‘rishga majbur bo‘lishadi”, - deydi 34 yoshli portugaliyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu 2009-2018 yillarda “Real” Madrid klubi sharafini himoya qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Shaxboz Bekmurodov
30/08/2019 15:54
Kirishtiano Ranoldo dunyoni eng kuchli o‘yinchisi