Ronaldu Italiyada qonunni buzdimi?

  • 15.10.2020 21:49
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Italiya sport vaziri Vinchentso Spadafora koronavirus bilan kasallangan "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Turinga qaytib kelganida pandemiya qoidalarini buzgan, deb hisoblashini aytdi.

“Agar sog‘liqni saqlash organlari tomonidan aniq ruxsatnomalar berilmagan bo‘lsa, demak bu protokolga zid bo‘lgan", - dedi Spadafora Rai radiosi efirida.

"Yuventus" prezidenti Andrea Anelli vazirning bu gaplariga quyidagicha javob qaytardi: “Siz davlat qonunlarini qo‘llaydigan sog‘liqni saqlash va ichki ishlar vazirliklariga qo‘ng‘iroq qilishingiz va tushuntirish olishingiz kerak”.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!