Ronaldu kelib, men ishsiz qoldim!

  • 2 oktabr, 2024, 09:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Manchester Yunayted”ning sobiq bosh murabbiy Ule Gunnar Sulsher jamoaga Krishtianu Ronaldu olib kelingan davrni esladi.

Norvegiyalik mutaxassisning fikricha, portugaliyalik to‘purar jamoaga kelib, beixtiyor kutilmagan muammoga sababchi bo‘lib qolgan.

- Ronaldu kelishi bilan boshqa futbolchilar o‘zlarini jamoadagi ahamiyatini yo‘qotgandek his qila boshlaydi. Chunki ularning safiga superyulduz qo‘shilgan edi.

Krishtianu uchun hammasi yaxshi boshlandi, u o‘sha mavsum jamoaning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi. Lekin u kelganiga ikki yarim oy bo‘lganida men ishsiz qoldim, - dedi Ule Gunnar Sulsher.

Ta’kidlash lozimki, Krishtianu Ronaldu manchesterliklarni hozir ham boshqarayotgan Erik ten Xag bilan chiqisha olmagani sababli “Manchester Yunayted”ni tark etgan. Hozir klub rahbariyati niderlandiyalik mutaxassisni iste’foga chiqarish borasida bosh qotirmoqda. Sulsher esa, yana “Yunayted”ni boshqarishga tayyorligini bildirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!