Ronaldu Litva darvozasiga 7 ta gol urgan. U hech qaysi terma jamoaga bunchalik ko‘p gol urmagan

  • 15 noyabr, 2019, 11:47
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Evro-2020 saralash bosqichidan o‘rin olgan Litva (6:0) ga qarshi o‘yinda xet-trik qayd etdi.

Ronaldu Litva darvozasiga faoliyatidagi 5,6 va 7-gollarini kiritdi. Shu bilan, Litva "Yuventus" forvardi uchun eng ko‘p gol ura olgan terma jamoasiga aylandi.

Andorra, Armaniston, Shvetsiya va Latviya terma jamoalariga Ronaldu 5 tadan gol urgan.

Bundan tashqari, Ronaldu terma jamoa uchun 98-golini kiritib ulgurdi. Eronning sobiq futbolchisi Ali Daei tomonidan o‘rnatilgan jahon rekordiga yana 11 ta gol qoldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!