Ronaldu Portugaliya terma jamoasi safidagi yubiley o‘yinini o‘tkazdi
Xabaringiz bor kecha Portugaliya terma jamoasi Evro-2020 saralashi doirasida Litvaga qarshi bahs olib bordi.
E’tiborlisi, shu kuni portugaliyaliklar etakchisi Krishtianu Ronaldu o‘zining terma jamoa safidagi yubiley 160-o‘yinini o‘tkazdi. Ta’kidlash kerakki, 34 yoshli futbolchi Portugaliya terma jamoasi safida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan o‘yinchi hisoblanadi. Undan keyingi o‘rinda esa Luish Figu (127) bor.
Ronaldu terma jamoalar safida o‘yin o‘tkazish bo‘yicha dunyoda 16-o‘rinni egallab turibdi. Bu borada yaqqol rekordchi esa misrlik Ahmad Hassan hisoblanadi. Uning hisobida 184ta o‘yin bor.

Fikrlar