Ronaldu qahramonlik qilmoqchi

  • 11.06.2021 09:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Evropa chempionatiga har tomonlama tayyor ekanini va bosh sovrin uchun to‘p tepishini aytdi.

Germaniya, Frantsiya va Vengriya  biz guruh bosqichida o‘ynashimiz kerak bo‘lgan raqiblardir. Biz ularni hurmat qilamiz va turnirda oson o‘yin bo‘lmaydi.

Men xuddi Evropa chempionatida ilk bor qatnashayotgandek katta ishtiyoq bilan o‘ynayman. O‘zimni 2004 yili birinchi marta qit’a chempionatida ishtirok etganimdan ham yaxshi his qilyapman.

Biz amaldagi chempionmiz va yana bosh sovrinni qo‘lga kiritishni istaymiz. Lekin hozirda kattan va’dalar berish va natijalarni taxmin qilishning keragi yo‘q. Men shuni va’da qilamanki, har bir uchrashuvda g‘alaba uchun o‘ynaymiz, - dedi Krishtianu Ronaldu.

Krishtianu Ronaldu bu turnirda terma jamoa safida gol urish bo‘yicha Ali Dayi o‘rnatgan jahon rekordini yangilashi kutilmoqda. Ali Dayi jami 109 ta to‘p kiritgan bo‘lsa, portugaliyalik hujumchi hisobida 104 ta gol bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!