Ronaldu Ramosning katta rekordini sindirdi

  • 16 noyabr, 2024, 13:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Portugaliya terma jamoasi UEFA Millatlar ligasi doirasidagi navbatdagi uchrashuvini o‘tkazib, Polsha terma jamoasi ustidan 5:1 hisobida zafar quchdi.

Mezbonlarga g‘alaba keltirgan gollardan ikkitasini Krishtianu Ronaldu, qolganlarini Rafael Leau, Brunu Fernandesh va Netu kiritdi.

Bu bellashuvdagi g‘alaba Krishtianu Ronalduga bir necha rekordlarni keltirdi. Xususan, ushbu natija 39 yoshli hujumchi uchun xalaqaro miqyosda rasmiy va o‘rtoqlik uchrashuvlarini qo‘shib hisoblaganda 132-g‘alaba sifatida qayd etildi.

Ronaldu shu tariqa Ispaniya terma jamoasida o‘ynagan Serxio Ramosning rekordini sindirib, o‘zinikini o‘rnatdi.

Krishtianu Portugaliya terma jamoasi safida 2003 yildan beri o‘ynab kelmoqda. Hozirga qadar 215 ta uchrashuvda ishtirok etib, raqiblar darvozasini 135 marotaba ishg‘ol qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!