Ronaldu rekordni “mixladi”

  • 6 iyun, 2022, 22:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Portugaliya terma jamoasi Millatlar ligasi turniridoirasida Shveytsariya terma jamoasi ustidan 4:0 hisobida zafar quchdi.

O‘yinda portugaliyaliklar etakchisi Krishtianu Ronaldu dubl qayd etdi.

Shu tariqa, “Manchester Yunayted” hujumchisi terma jamoadagi jami gollari sonini 117 taga etkazib, o‘z rekordini mustahkamladi. Buning uchun Ronalduga 187 ta o‘yin kerak bo‘ldi.

Umuman, futbol tarixida terma jamoadagi gollar bo‘yicha faqat ikki o‘yinchi 100 lik marradan o‘tgan. Krishtianu Ronaldudan avval Eron terma jamoasi hujumchisi Ali Dayi 109 ta gol bilan jahon rekordchisi hisoblanardi. U bu ko‘rsatkichga etishish uchun 148 ta bellashuvda ishtirok etgan.  

To‘purarlar reytingida uchinchi pog‘onani 142 ta o‘yinda 89 ta gol urgan Muxtor Daxari egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!