
Ronaldu Serbiyaga uchralgan mag‘lubiyat haqida gapirdi
Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu JCh-2022 saralashi doirasida Serbiyaga uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:
"Shu kabi muvaffaqiyatsizliklar barchasini o‘zgartirish uchun bir imkoniyat. Futbol bizga yana va yana buni ko‘rsatib qo‘ydi. Mag‘lubiyat og‘ir, biroq bizni yo‘limizdan to‘xtatish uchun bu etarli emas.
Qatarda bo‘lib o‘tadigan Jahon Chempionatiga chiqish imkoniyat hali bor va biz buning uchun nima zarur ekanligini bilamiz.
Uzr so‘ramoqchi emasman. Portugaliya Qatarga intilmoqda", - dedi "Manchester Yunayted" hujumchisi o‘z instagram sahifasida.
Fikrlar