Ronaldu “soqqa qilishda” Messini dog‘da qoldirib ketdi

  • 18 oktabr, 2024, 12:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

AQShning moliya va iqtisodiyotgan ixtisoslashgan dunyoga mashhur Forbes nashri jahon futbolida eng ko‘p pul topayotgan charm to‘p ustalarining yangi reytingini e’lon qildi.

Forbes nashriga ko‘ra 2024 yilda eng ko‘p mablag‘ ishlab topgan futbolchi Krishtianu Ronaldu hisoblanadi. 39 yoshli portugaliyalik futbolchining daromadi eng yaqin ta’qibchisi Lionel Messi olayotgan mablag‘dan ikki baravar ko‘p ekan.

Buni quyidagi ro‘yxatdan ham bilib olsa bo‘ladi.

1. Krishtianu Ronaldu, «An-Nasr», hujumchi — yiliga $ 285 mln.

2. Lionel Messi, «Inter Mayami», hujumchi — $ 135 mln.

3. Neymar, «Al-Hilol», hujumchi — $ 110 mln.

4. Karim Benzema, «Al-Ittihod», hujumchi — $ 104 mln.

5. Kilian Mbappe, «Real» Madrid, hujumchi — $ 90 mln.

6. Erling Xoland, «Manchester Siti», hujumchi — $ 60 mln.

7. Vinisius Junior, «Real» Madrid, hujumchi — $ 55 mln.

8. Muhammad Saloh, «Liverpul», hujumchi — $ 53 mln.

9. Sadio Mane, «An-Nasr», hujumchi — $ 52 mln.

10. Kevin De Bryoyne, «Manchester Siti», yarim himoyachi— $ 39 mln.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!