
Ronalduning agenti bir o‘q bilan ikki quyonni urmoqchi
"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronalduning agenti Xorxe Mendesh o‘z mijozi xizmatlarini “Milan” klubiga taklif qilmoqchi. Jurnalist Janluka di Martsio xabariga ko‘ra, agent Ronaldu "rossonerilar" bilan shartnoma imzolaganidan so‘ng Rafael Leauning "Chelsi"ga o‘tishini tashkil qilmoqchi. Boisi, inglizlar Rafael transferi transfer uchun katta summa to‘lashga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu transfer oynasi oxiriga qadar "Manchester Yunayted"ni tark etishga harakat qilib ko‘radi. Ammo Chempionlar ligasida o‘ynaydigan birorta nomdorroq jamoa portugaliyaliklarning xizmatlariga qiziqish bildirmayapti.
Ronaldu o‘tgan mavsumda APLda 18 ta gol urib, mankunianliklarning eng yaxshi to‘purari bo‘lgan.
Fikrlar