
Ronalduning onasi insultni boshdan kechirdi
“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronalduning onasi Doloresh Aveyru bugun ertalab insultni boshdan kechirdi.
Portugaliyaning TVI 24 telekanali tarqatgan xabarga ko‘ra 35 yoshli futbolchining onasi mahalliy vaqt bilan soat 05:30 da kasalxonaga olib kelingan. Diario de Noticias da Madeira nashrining yozishicha ayni damda jonlantirish bo‘limida, biroq, uning axvoli yaxshi. Tez orada Ronalduning onasi qo‘shimcha tekshiruvlardan o‘tkaziladi.
Aytish kerakki, Doloresh Aveyru bundan 10 yil muqaddam ko‘krak saratonini engib o‘tgan edi.
Fikrlar