Ronalduning penaltisini qaytargan darvozabon legionerimizning jamoadoshiga aylandi

  • 05.06.2022 16:06
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Eron milliy terma jamoasi darvozaboni Alirizo Beyranvand faoliyatini boshqa klubda davom ettiradi.

Tecno

"Persepolis" uning transferini e’lon qildi. 29 yoshli posbon tehronliklar safida 1-raqam ostida harakat qiladi. Aynan shu jamoada legionerimiz Sherzod Temirov harakat qiladi.

Unga Tehron jamoasi begona emas. Alirizo 2016-2020 yillar oralig‘ida "qizillar" sharafini himoya qilgan. Shundan so‘ng mahoratli posbon "Antverpen"ga yo‘l olgandi. 

Beyranvand 2018 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichi doirasida Portugaliyaga qarshi bahsda Krishtianu Ronalduning penaltidan bergan zarbasini ushlab olib, mashhurlikka erishgandi.

photo_2022-06-05_14-09-10

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!