Ronalduning rekordi futbol qirolining noroziligiga sabab bo‘ldi

  • 28 fevral, 2021, 14:22
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) talqiniga ko‘ra, futbol tarixidagi eng yaxshi to‘purar deb topildi.

Tecno

36 yoshli portugaliyalik futbolchi kecha "Verona"ga (1:1) qarshi o‘yinda gol urdi va o‘zining professional faoliyatidagi gollari sonini 766 taga etkazib oldi. U shu tariqa futbol qiroli deb aytiladigan afsonaviy Pelening (765) rekordini yangiladi. Pelening ushbu rekordini naqd 45 yildan buyon hech kim o‘zgartira olmay kelayotgan edi.

Ammo Pele Ronalduning bu rekordini tan olmayapti. Futbol qirolining so‘zlariga ko‘ra, u faoliyati davomida 1200 dan ortiq gol urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!