Ronalduning sardorlik bog‘ichi kim oshdi savdosiga qo‘yildi

  • 30 mart, 2021, 19:14
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronalduning sardorlik bog‘ichi kim oshdi savdosida sotilmoqda, deb xabar bermoqda Tuttomercatoweb.

Tecno

Manbaga ko‘ra, auktsiondan tushgan mablag‘ umurtqa mushaklaridagi jarohatdan aziyat chekayotgan olti oylik serbiyalik bolani davolashga sarflanadi. Bog‘ichning boshlang‘ich narxi uch ming evroni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu “JCh-2022” saralashidan o‘rin olgan Serbiyaga (2:2) qarshi o‘yinning 93-daqiqasida raqib darvozasini ishg‘ol qilgan edi. Ammo hakam to‘p darvoza chizig‘ini kesib o‘tmagan deb hisobladi va golni inobatga olmadi. Hozircha JCh saralashlarida VAR tizimi qo‘llanmayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!