Rossiya terma jamoasi ishtirokidagi uchrashuv muxlislarsiz o‘tkaziladi

  • 11.03.2020 16:59
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Moldova va Rossiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqliq bellashuvi tomoshabinlarsiz o‘tkaziladi.

“Uchrashuv bo‘m-bo‘sh tribunalarda o‘tkaziladi”, - deb yoziladi Moldova hukumatining TASS nashriga bergan xabarida.

Eslatib o‘tamiz, Moldova - Rossiya o‘yini 31 mart kuni Kishinyov shahrida bo‘lib o‘tadi.

Moldova sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatda COVID-19 - koronavirusining tarqalishini oldini olish maqsadida barcha sport musobaqalari hamda ommaviy tadbirlarni bekor qilgan edi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!