
Rossiya UEFAni shantaj qilyaptimi? Arshavin javob berdi
Rossiyalik mashhur futbolchi Andrey Arshavin RFUning Osiyoga o‘tishi mumkinligi haqida o‘z fikri bilan o‘rtoqlashdi.
- Rossiya Osiyoga o‘tadi. Yoki o‘tmaydi. Bu RFU tomonidan UEFAga nisbatan qilinayotgan qandaydir shantaj bo‘lib tuyulmayaptimi?
- Qanaqa shantaj? Biz unchalik kuchli pozitsiyada emasmiz. "Siz ketyapsizmi? Ha mayli!" (kuladi va qo‘lini silkitadi). Hozir shunday ko‘rinishi mumkin. Ammo bu shantaj emas.
- UEFAga biz kerakmiz deb o‘ylaysizmi? Homiylik pulimiz bilan...
- Biz UEFAga kerakmiz deb o‘ylamayman. Nega ularga kerak bo‘lamiz?
- Bozor. "Gazprom".
- Ular mojaro boshlanishi bilanoq “Gazprom”ni olib tashlashdi va bundan umuman afsuslanishmadi.
Balki biz ularga moliyaviy tomondan kerakdirmiz, lekin futbol tarafdan... Nima deb o‘ylaysiz, ular "Zenit"ni Chempionlar ligasida ko‘rishni orzu qiladimi? Albatta yo‘q. Ular u erda "Tottenxem" yoki "Manchester Yunayted" ko‘rishni ma’qul ko‘rgan bo‘lardi.
Fikrlar