Rossiyada professional boks bo‘yicha super turnir start olmoqda

  • 23 iyun, 2020, 08:49
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

   Rossiyada super turnir ya’ni, superog‘ir vazn toifasidagi professional bokschilar o‘rtasida "Trofi Nokautlar Qiroli" Gran-pri turniri bo‘lib o‘tadi. Bugun, Moskva shahrida mazkur turnirga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

Tecno

  Tadbirda super og‘ir vazn toifasidagi (90,719 kgdan og‘ir) "sakkizlik"ning chorak finalchilari aniqlanadi. 25 iyun kuni «Vegas City Hall» ning bo‘sh tribunalari ostida bir oqshomda eng nufuzli vazn toifasidagi g‘olibning nomi aniqlanadi. Turnirning qiziq janglardan biri, rossiyalik Arslan Yalliev hamda Evropa eks-chempioni beloruslik Yuriy Bixovets o‘rtasida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. "Sakkizlik" Gran-pri ishtirokchilari ro‘yxati shunday ko‘rinish olgan:

Vitaliy Kuduxov 103 kg/185 sm

Vladimir Markelov 105 kg/187 sm

Dmitriy Levashov 110 kg/205 sm

Denis Gubarev 118 kg/196 sm

Kureysh Sagov 99 kg/101 sm

Bogdan Grevtsov 120 kg/185 sm

German Skobenko 112 kg/184 sm

Aleksandr Klichkov 100 kg/195 sm

 "Moskvadagi qur’a tashlash orqali chorak final qatnashchilari aniqlanishini sabrsizlik bilan kutmoqdaman. Shu kun bokschilar mavsumining qayta tiklanishi tarixi bo‘ladi. 8 zabardast jangchining to‘qnashuvi paytida juda kuchli bosim ostidagi muhit yuzaga keladi. Bu endi o‘yin emas, hammasi birgina tahlikaga soluvchi harakat yoki bexosdan aytilgan so‘z orqali quyushqondan chiqib ketishlari mumkin" - deya musobaqa tashkilotchisi Zyaki Yunusov so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda "YuKA Promoushen" matbuot xizmati.

  "Sakkiztalik"ning barcha janglari (1/4, 1/2 final) Rossiya boks federatsiyasining qaroriga ko‘ra avval qayd qilinganidek 3 va 6 raund emas, balki 4 raunddan iborat bo‘ladi. Musobaqa ishtirokchilarining mehmonxonalarga musobaqa boshlanishidan 4 kun oldin kelishi, 1 kishilik xonalarda yashashi, xonalarda ovqatlanishi, jangdan 3 kun oldin IFAga qon topshirishi, antitelga zamonaviy ekspress-test topshirishi, vazn o‘lchash ham mehmonxona nomerlarida o‘tkazilishi, musobaqa o‘tkazilishi jarayonlarining barcha ishtirokchilarini shaxsiy himoya vositalari bilan echinish va kiyinish xonalarini maxsus to‘siqlar bilan ta’minlash, ring atrofi hududida himoya maskasida yurish rejimiga rioya qilish "Rospotrebsoyuz" bilan kelishilgan turnir reglamentida ko‘rsatilgan.

  Translyatsiya Moskva vaqti bilan soat 18-00da boshlanadi. Hal qiluvchi janglar soat 20-00 dan boshlab "Match TV" orqali ko‘rsatilishi rejalashtirilgan. Turnir to‘liq matnda "Match!Boets" kanali orqali efirga uzatiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!