Rossiyaning ortidan Evropaning yana bir davlati ergashmoqda
Rossiya premer-ligasi ortidan Bolgariya chempionati ham mavsumni muxlislar bilan davom ettirmoqchi.
Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi chempionat o‘yinlarini davom ettirish bilan birga, stadionlarga 30 foizgacha muxlislarning kiritilishiga ruxsat berdi. Unga ko‘ra muxlislarning oraliq masofasi 2 ta o‘rindiqni tashkil etishi kerak.
Aytish kerakki, Bolgariyada hali ham boshqa sport turlariga ruxsat berilgani yo‘q. Futbolga esa istisno tariqasida ruxsat berildi.



Fikrlar