"Rosti, ketish niyatim bor edi..." - "Buxoro" sardori xorijdan tushgan takliflarni qabul qilmadi. Chunki...

  • 16 iyul, 2023, 00:35
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Birinchi davrani zo‘r o‘tkaza olmagan “Buxoro”ning bor umidi endi ikkinchi davradan. Bungacha keragidan ortiq ochkolarni yo‘qotgan klub mavsumning ikkinchi yarmida vaziyatni o‘nglamasa bo‘lmaydi. Aks holda ularni yana pro liga kutib oladi. Shu bois buxoroliklar Superligada qolish uchun jiddiy va oxirigacha kurashishlari aniq.

Tecno

Xabaringiz bo‘lsa kerak, “Buxoro” ayni paytda Tojikistonda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini olib bormoqda. Klub etakchilaridan biri Dilshod Jo‘raev o‘sha erda bo‘lib turgan Sports.uz jurnalistining bir qator savollariga javob qaytardi.

- “Buxoro” bilan yozgi yig‘in tayyorgarligini Tojikistonda o‘tkazyapsiz. Xo‘sh, bu erdagi mashg‘ulotlar qanday davom etyapti?

- Ha, tayyorgarligimizni Tojikistonda olib boryapmiz, har kuni ikki mahaldan shug‘ullanyapmiz. Asosiy e’tibor jismoniy yuklamalarga qaratilyapti. Keyin o‘yinlarda taktik uslublarga ham e’tibor qaratamiz. Yig‘inimiz ko‘ngildagidek kechyapti. Xudoga shukr, sharoitlar ham yaxshi.

jo‘raev1

- “Buxoro” birinchi davrada o‘z imkoniyati darajasida ishtirok eta olgani yo‘q. Mavsumning dastlabki qismidagi omadsizlikdan jamoa qanday xulosa chiqardi?

- Birinchi davrada o‘yin tomonlama yomon bo‘ldi, deb o‘ylamayman. Boshida bizda jarohatlar ko‘payib ketdi. Vaziyatlardan foydalanish masalasida oqsadik. Birinchi davradagi kamchiliklardan xulosa chiqarib, ikkinchi davraga tayyorgarlik olib boryapmiz.

jo‘raev2

- Tojikiston yig‘ini davomida mahalliy klublarga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etyapsizlar. Raqiblar saviyasi qanday va uchrashuvlar sizda qanday taassurot qoldiryapti?

- Berkitishni hojati yo‘q, tojik klublarini o‘zbek jamoalariga qaraganda saviyasi pastroq. Hozir bizga birinchi o‘rinda natija emas, tayyorgarlik muhim. Murabbiylarimiz har bir pozitsiyani kuchaytirish ustida bosh qotirishyapti. Tarkibimizga bir qator yangi o‘yinchilar qo‘shilishdi. Ular bilan til topishib ketish muhim. 50-60 foizga yangilanyapti. Ikkinchi davra boshlangunicha barchamiz bir jamoa sifatida shakllanishimiz kerak. Bu yig‘inga asosan o‘yin amaliyotini oshirgani keldik.

jo‘raev4

- Ha, tarkibda o‘zgarishlar yuz beryapti. Bir qator futbolchilar ketdi, siz esa etakchilardan biri sifatida klubda qoldingiz. “Buxoro”dan ketish haqida o‘ylamaganmisiz?

- Rosti, ayrim sabablarga ko‘ra ketish niyatim bor edi. O‘zimizdan va xorij jamoalaridan ham takliflar bo‘ldi. Malayziya, Tailand kabi mamlakatlardan qiziqishlar bor edi. “Buxoro”da qolganimning birinchi faktori – bu Ulug‘bek Baqoev. Buxoroda yaxshi jamoa qilaman dedi. Bu yil klubni Superligada saqlab qolsak, keyingi yili “Buxoro” yanada kuchli jamoaga aylanadi.

Shuhratbek Jo‘raev.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!