Roy Jons: Mayk Tayson qotilga o‘xshaydi

  • 27 iyul, 2020, 18:32
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

4 divizionning sobiq jahon chempioni Roy Jons og‘ir vazn toifasining sobiq chempioni Mayk Taysonga qarshi kechadigan jangdan oldin raqibi haqidagi fikrini bildirdi.

"Mayk haqiqatdan ham qotilga o‘xshaydi. Ha, albatta, uning mashg‘ulotlardagi videosini ko‘rdim. U faoliyatini yakunlaganidan keyin, oradan 10 yil vaqt o‘tib, yana ringga qaytgan Jorj Formanga o‘xshaydi.

Biroq, men ham yaxshi holatdaman. Men jangni sabrsizlik va intizorlik bilan kutyapman. Albatta, men unga qarshi birinchi raundda ochiq jang qilmoqchi emasman. Bunday ahmoq emasman.

U hali ham kuchli sher, ammo gepard emas. Agar u tezda o‘ldirolmasa, unda muammolarga uchraydi," - dedi Jons.

Eslatib o‘tamiz, Jons - Tayson jangi 12 sentyabr kuni Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!