
Roys 2 ta gol va 3 ta assist muallifiga aylangan o‘yinda "Borussiya" Dortmund raqibni yanchib tashladi
Bundesliga 23-turidan o‘rin olgan "Borussiya" Dortmund - "Borussiya" Myonxengladbax uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur bahsda maydon egalari 5:0 hisobida raqibdan ustun keldi.
Dortmundliklar safida Roys dubl muallifiga aylandi. Shuningdek, Malen, Volf, Mukoko va Jan raqib darvozasini ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘ldi.
Ochkolari sonini 49 taga etkazib olgan "asalarilar" ayni vaqtda Germaniya chempioanti turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda. 26 ochkosi bor myunxenlilkar 13-pog‘onadan joy olgan.
Fikrlar